Obameyang Gabon milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Obameyang Gabon milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Pyer-Emerik Obameyang Gabon milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

Gabon futbol federasiyasi «Barselona» hujumchisining maktubini e’lon qildi.

«Mamlakatim sharafini himoya qilishdagi 13 yillik g‘ururdan so‘ng milliy jamoada faoliyatimni yakunlayotganimni e’lon qilaman. Gabon xalqiga va nima bo‘lishidan qat’i nazar meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman.

Omminsports'da debyut qilgan kunim yoki Nigeriyadan «Afrikaning eng yaxshi futbolchisi» sovrini bilan qaytganim kabi juda yaxshi xotiralar qoladi. O‘sha lahzalarni muxlislar bilan baham ko‘rish ajoyib edi.

«Panteralar»ni har doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan va yurtimizda futbolni rivojlantirish yo‘lida mehnat qilayotgan Prezidentimiz, Janobi Oliylari Ali Bongo Ondimbaga tashakkur aytaman. Shu yo‘lda birga ishlagan barcha murabbiylar, murabbiylar shtabi a’zolari va futbolchilarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Shuningdek, menga milliy jamoa libosini himoya qilishda faxrlanish uchun iroda bergan otamga rahmat aytaman», — deb yozadi Obameyang.

32 yoshli forvard 2009 yildan boshlab Gabon milliy jamoasida to‘p tepdi va 72ta o‘yinda 30ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!