OAV: Yaponiya Rossiya bilan uchta hamkorlikni bekor qildi

OAV: Yaponiya Rossiya bilan uchta hamkorlikni bekor qildi

Yaponiya sport assosiasiyasi moliyaviy muammolar sabab Rossiya bilan uchta hamkorlikni bekor qildi. Bu haqda juma kuni NHK telekanali xabar berdi.

Rejalashtirilgan loyihalar doirasida rossiyalik maktab o‘quvchilari Yaponiyada dzyudo va boks mashg‘ulotlariga, yapon o‘quvchilari esa Rossiya Federasiyasida dzyudo bo‘yicha mashg‘ulotlarga borishlari kerak edi. Ushbu hamkorlikni tashkil qilish uchun 8 million iyen (taxminan 62 ming dollar) kerak edi, biroq Yaponiya hukumati Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli assosiasiyaga zarur mablag‘ ajratishni rad etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!