OAV: Trampning kuyovi shahzoda Salmonga Qoshiqchi ishi bo‘yicha maslahat bergan

OAV: Trampning kuyovi shahzoda Salmonga Qoshiqchi ishi bo‘yicha maslahat bergan

Kushnerning bin Salmon bilan aloqalari AQShning hukmron doiralari orasida tashvish uyg‘otdi, deb xabar bermoqda Anadolu

Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner Saudiya Arabistoni vailahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq janjalga qanday aralashmaslik haqida maslahat berdi.

New York Times gazetasi, "yuqori martabali manbalar va hujjatlar"ga tayangan holda xabar berishicha, Jared Kushnerning valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbati faqat bir marta- 10 oktyabr kuni rasmiy ravishda amalga oshirilgan. Suhbatda AQShning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ishtirok etgan. Biroq, aslida, aloqalar norasmiy shaklda ham davom etgan.

"Kushner shahzodaga tavsiyalar bergan, inqirozni qanday bartaraf etish mumkinligini tushuntirgan, kelajakda yangi "uyatli harakatlar"ga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan.

Vaziyat, Amerika Qo‘shma Shtatlari hukmron doiralarida tashvish uyg‘otdi. Saudiyaliklar Tramp kuyovining fikri va siyosiy tajribasi yetishmasligidan foydalanib, uni manipulyasiya qilishga urinishgan bo‘lishi mumkin, deya yozadi gazeta.

“Oq uyning tashqi siyosatchilar bilan aloqalaridagi cheklovlarga, xususan, AQSh Milliy xavfsizlik xizmati vakillarining chet ellik rahbarlar bilan suhbatlarda majburiy ishtirok etishi talabiga qaramay, Kushner valiahd shahzoda bilan aloqalarni davom ettirdi. Ular bir-biriga xabar yuborib, bir-birlarini ism-sharif bilan chaqirishgan", - deb yozadi gazeta.

Xabarda, Markaziy razvedka boshqarmasi, Saudiya Arabistoni Bosh konsulxonasida jurnalistga suiqasd qilish haqidagi buyruqni shaxsan shahzoda bin Salmon tomonidan berilgan degan xulosaga kelgan bo‘lsa-da, Trampning kuyovi Oq Uydagi valiahd shahzodaning manfaatlarini eng ashaddiy himoyachisi bo‘lgan, deya ta’kidlanadi.

Nashrga ko‘ra, aynan Kushner Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq inqirozda Donald Tramp tomonidan Ar-Riyodni faol qo‘llab-quvvatlashda sababchi bo‘lganligi aytilmoqda.

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi binosida 2 oktyabr kuni Washington Post bilan faol hamkorlik qilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan edi.

Tergov natijalariga ko‘ra, Turkiya Bosh prokuraturasi jurnalist rejali qotillik qurboni bo‘lgan degan xulosaga keldi. Qoshiqchi elchixona binosiga kirishi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan edi.

Qotillikdan keyin, Qoshiqchining jasadi parchalab tashlangan va yo‘q qilingan.

Turkiya, Qoshiqchi ishi bo‘yicha sud jarayonini Istanbulda tashkil qilish tarafdori bo‘lib, jurnalistni o‘ldirish bilan shug‘ullanganlarni ekstradisiya qilishni so‘rab Ar-Riyodga murojaat qilgan.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!