OAV: Rossiyaning YUNESKOdagi doimiy vakili o‘z lavozimini tark etdi

OAV: Rossiyaning YUNESKOdagi doimiy vakili o‘z lavozimini tark etdi

Rossiyaning YUNESKOdagi elchisining iste’fosi butun dunyo bo‘ylab madaniy merosni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan u raislik qilgan asosiy qo‘mitadagi boshi berk ko‘chaga chek qo‘yadi, dedi AFP agentligiga diplomatik manba.

Ob’ektlarni YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun mas’ul qo‘mita Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin amalda ishlay olmadi.

«Rossiya Federasiyasining YUNESKOdagi doimiy vakili sifatidagi missiyam yakunlangani haqida sizga ma’lum qilish sharafiga muyassar bo‘ldim», — dedi Aleksandr Kuznesov agentlik o‘qib chiqqan Butunjahon meros qo‘mitasi a’zolariga yo‘llagan maktubida.

Kuznesovning iste’fosi qo‘mitaga tezda yangi rais tayinlash va faoliyatini davom ettirish imkonini beradi, dedi AFP agentligiga BMT diplomati.

Qo‘mita iyun oyida Qozonda yig‘ilishi kerak edi, biroq 46 davlat, jumladan Fransiya va Buyuk Britaniya tadbirni boykot qildi. Yig‘ilishda YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatini yangilash ko‘zda tutilgan edi.

Tashkilot qoidalariga ko‘ra, iste’foga chiqqan qo‘mita raisining o‘rniga alifbo tartibida avvalgisidan keyingi mamlakat tayinlanadi – bu Saudiya Arabistoni. U yaqin kunlarda o‘z vakilining qo‘mita raisligiga kirish-olmasligini e’lon qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!