OAV: Germaniyani falokat kutmoqda

OAV: Germaniyani falokat kutmoqda

Agar Buyuk Britaniya yil oxirigacha Yevropa Ittifoqi bilan Brexit doirasida savdo bitimini imzolamasa, bu Germaniya uchun "falokat" bo‘ladi. Nemis davlati boshqa Yevropa Ittifoqi a’zolaridan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘radi. Bu haqda Express sobiq Yevroparlament a’zosi Xans-Olaf Xenkelga asoslanib xabar bermoqda.

Bitimdan voz kechilganligi sababli, umumiy qiymati 33 milliard yevroni tashkil etadigan eksport tahdid ostida qoladi, uning to‘rtdan bir qismi Germaniyaga to‘g‘ri keladi (Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich). Xenkel bu Germaniya avtosanoati va mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga zarba berishidan ogohlantirdi.

"Birgina ingliz shaharlarida Germaniyada ishlab chiqarilgan qanchadan-qancha limuzinlar harakatlanishini bilasizmi?" – dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!