OAV: AQSh razvedkasi rahbari Ukraina hududlari evaziga Rossiyaga urushni tugatishni taklif qilgan

OAV: AQSh razvedkasi rahbari Ukraina hududlari evaziga Rossiyaga urushni tugatishni taklif qilgan

Yanvar o‘rtalarida AQSh razvedkasi rahbari Uilyam Byorns Kiyev va Moskvaga borgan. U tomonlarning muzokaralarga tayyorligini baholashi kerak bo‘lgan.

Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung nashrining nemis amaldorlariga tayanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Byorns hudud evaziga tinchlik variantini taklif qilgan. Xususan, Rossiyaga Ukrainaning 20 foiz hududi hisobiga urushni tugallash varianti berilgan bo‘lishi mumkin. Ukraina hududiy yon berishlarga rozi bo‘lmagan. Moskva esa uzoq istiqbolda g‘alaba qozonish va yanada yirik yerlarni egallashiga ishongan.

Manbalar Oq uyda urushni tugallash bo‘yicha bahslar ketayotganini ta’kidlashgan. MRB boshlig‘i va Baydenning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan nizoni tezroq tugatish va Xitoy masalasiga e’tibor berishga chaqirmoqda. Aksincha, Davlat departamenti boshlig‘i Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin Rossiyaning xalqaro xavfsizlik tizimini yo‘q qilishiga qarshi chiqqan. Ular Kiyevni yanada faolroq qo‘llab-quvvatlash tarafdori.

Ayrim ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina berilgan takliflarni inkor etgach, janob Bayden Abrams tanklarini berishga rozi bo‘lgan.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!