Nyu-Yorkdagi supermarketda dahshatli otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Nyu-Yorkdagi supermarketda dahshatli otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Nyu-York shtatining Buffalo shahridagi supermarketda ro‘y bergan otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi. Voqea joyida 18 yoshli shaxs qo‘lga olingan. Polisiya hozircha uning shaxsini ochiqlamayapti.

Gumonlanuvchi shanba kuni odam gavjum bo‘lgan mahalda supermarketga kirgan va atrofga o‘t ochgan. Polisiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, u hujumni onlayn-translyasiya qilish uchun kameradan foydalangan.

«Bu biz hodisani nafrat jinoyati va irqiy sabablarga ko‘ra zo‘ravonlik ekstremizmi sifatida tekshirmoqdamiz», degan matbuot anjumanida FQB vakili Stiven Belongia.

Taxmin qilinishicha, gumonlanuvchi shaharning asosan qora tanlilar yashovchi hududiga yetib borish uchun bir necha soat sarflagan. Polisiya komissari Buffalo Jozef Gramalining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning ko‘pchiligi - afroamerikaliklar.

Yana uch kishi - supermarket xodimlari - jarohat olgan.

Supermarketda qorovul bo‘lib ishlagan iste’fodagi polisiyasi jinoyatchiga o‘q uzib uni to‘xatmoqchi bo‘lgan, ammo o‘ldirilgan.

Polisiya xabariga ko‘ra, hujum qiluvchi kuchli vintovka bilan qurollangan, unda zirhli nimcha va shlem ham bo‘lgan. Voqea joyiga qo‘shimcha polisiya bo‘linmalari yetib kelganida u avvaliga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan, ammo keyin qurolini tashlagan va qo‘lga olingan.

Sud unga sud-tibbiy ekspertiza tayinlagan. Bir necha kundan keyin u birinchi darajali qotillikda ayblanib, sudga tortilishi kutilmoqda. Unga muddatidan oldin ozod etilish huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlanishi kutilmoqda (Nyu-York shtatida o‘lim jazosi bekor qilingan).

Nyu-Yorkdagi supermarketda dahshatli otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Hujum qilgan shaxs avvaliga polisiyachilar bilan otishib qarshilik ko‘rsatishga uringan, ammo keyin taslim bo‘lgan.

CBS telekanali muxbiri bilan suhbatda polisiyachilardan biri hujum vaqtida jinoyatchi irqchilik haqoratlarini aytib baqirganini ma’lum qilgan.

«Bu har qanday jamiyat duch kelishi mumkin bo‘lgan eng yomon dahshat va biz bundan jabrlanmoqdamiz, g‘azablanmoqdamiz», degan jurnalistlarga Buffalo meri Bayron Braun.

«Biz bu yaramas jamiyatimiz yoki mamlakatimizni ikkiga ajratishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deya qo‘shimcha qilgan u.

Hujum oqibatlarini tasvirlagan polisiya zobitlaridan biri mahalliy Buffalo News nashriga shunday degan: «Bu qo‘rqinchli filmlarni eslatadi, ammo barchasi haqiqiy. Bu Armageddonga o‘xshaydi».

Nyu-York gubernatori Keti Houkul hodisani «jirkanch zo‘ravonlik akti» dab baholagan.

Buffaloda ro‘y bergan hodisa haqida prezident Jo Baydenga hisobot berilgan. «Prezident va birinchi ledi halok bo‘lganlar va ularning yaqinlari uchun duoda», deyiladi Oq uy bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!