Nursulton Nazarboyevning uchinchi kuyovi ham kursisidan ayrildi

Nursulton Nazarboyevning uchinchi kuyovi ham kursisidan ayrildi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning uchinchi kuyovi Timur Kuliboyev «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi rahbari lavozimini tark etdi. Kuliboyevning tegishli murojaati 17 yanvar, dushanba kuni palata saytida e’lon qilindi.

“Bugundan boshlab men «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumining saylangan raisi lavozimini tark etishga qaror qildim”, — deyiladi Kulibayev bayonotida. U qurultoy delegatlari va prezidium a’zolariga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, Milliy tadbirkorlar palatasining oliy nazorat organiga sakkiz yil davomida rahbarlik qilish o‘zi uchun katta sharaf va mas’uliyat ekanini ta’kidladi.

Timur Kuliboyev Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinaraga uylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovlari «Kaztransgaz» va «Kaztransoyl» milliy kompaniyalaridan bo‘shatilgani ma’lum bo‘lgan edi. Gap Dariga va Aliya Nazarboyevlarning erlari haqida ketmoqda. Manbalarga ko‘ra, «Kaztransoyl» AJ bosh direktori va boshqaruvi raisi Dimash Do‘sanov o‘z lavozimini yo‘qotgan. Qayrat Sharipboyev ham o‘z lavozimidan ayrildi.

Keyinroq Qozog‘iston parlamenti Majlisi deputati Yerlan Sairov Nazarboyevning kuyovlari prezidentlik dasturini amalga oshirish jarayoni doirasida yirik kompaniyalardagi rahbarlik lavozimlaridan bo‘shatilganini tushuntirdi. «Mamlakat uchun bu kadr o‘zgarishlari katta ahamiyatga ega. Gap aslida Qozog‘iston iqtisodiyotini deoligarxizasiya qilish haqida ketmoqda. Jarayonlar boshlandi», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!