Nursulton Nazarboyev koronavirus qurbonlari oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi

Nursulton Nazarboyev koronavirus qurbonlari oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Yelbasi  koronavirus epidemiyasi qurbonlari oilalari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

Bu haqda bugun Yelbasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Aziz qozog‘istonliklar!

Bugungi kunda Qozog‘iston misli ko‘rilmagan murakkab vaziyatga duch keldi. Xavfli epidemiya bizning shahar va qishloqlarimizga tarqaldi va afsuski qurbonlar bor.

Prezident qarori bilan 13 iyul koronavirus epidemiyasi qurbonlari xotirasiga Umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi.

Epidemiya xalqimiz hayotiga zomin bo‘lmoqda. Bundan barchamiz ham chuqur qayg‘uga botdik. Har bir o‘lim ortida qayg‘uga-hasratga botgan ota-onalar, qiz va o‘g‘illar, do‘stu birodarlari qoldi.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildiraman.

Birligimiz va yaxlitligimiz tufayli biz ko‘plab sinovlarga bardosh berib kelganmiz. Umid qilamanki, biz birdamlik bilan bu qiyinchilikni ham yengamiz, deydi Elbasi o‘z murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!