Nuriddin Xoliqnazarov Musulmonlar idorasi raisi, muftiy etib saylandi

Nuriddin Xoliqnazarov Musulmonlar idorasi raisi, muftiy etib saylandi

19 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi.

Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda esa Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Turli yillarda u Asaka va Toshkent shaharlaridagi masjidlarda imom-xatibi, poytaxt va Andijon viloyatidagi madrasalarda o‘qituvchi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi bo‘lib faoliyat yuritgan.

15 avgust kuni Musulmonlar idorasining oldingi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!