Nukuslik o‘g‘ri ayol qismati. Unga qanday hukm o‘qildi?

Nukuslik o‘g‘ri ayol qismati. Unga qanday hukm o‘qildi?

Fazilat (ismi o‘zgartirilgan) 1989 yilda Nukus shahrida o‘ziga to‘q oilada voyaga yetadi. Turmush tashvishlaridan beg‘am, bexabar yosh qizcha 24 yoshida turmushga chiqadi. Bilibmi yo bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qoladi. Muqaddam birnecha bor o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir qilgani uchun sudlanganidan so‘ng ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan ayol yana o‘g‘irlikka qo‘l uradi. 

Fazilat 2013 yilda turmushga chiqqach Alloh bergan rizqiga noshukurlik qilib, turmush o‘rtog‘ining topganiga qanoat qilish o‘rniga 2017 yilning o‘zida ikki marotaba o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilib, sud tomonidan hukm qilinadi.

Fazilat muqaddam ikki marotaba sudlanganidan tegishli xulosa chiqarmasdan, qolaversa voyaga yetmagan 2014, 2016, 2018 yillarda tug‘ilgan ikki o‘g‘il, bir nafar qiz farzandlari bo‘la turib yana o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilib, voqea joyida qo‘lga tushdi.

U 2020 yilning 26 yanvar kuni taxminan soat 13:30 larda Amudaryo tumani “Mang‘it savdo kompleksi” MCHJda joylashgan yakka tadbirkor T.S. ga tegishli savdo do‘koni omborxonasi ichkarisida turgan savdodan tushgan, quti ichida turgan 400.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, shimining tashqi tomon kissasiga solib, savdo do‘konidan chiqib ketayotganida, ushbu do‘kon sotuvchisi tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan. “Qilmish-qidirmish” deganlaridek, Fazilatning navbatdagi jinoyati ham fosh bo‘lib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudi tomonidan Fazilatga oid navbatdagi jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

Sudta Fazilat aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oilasining barcha a’zolari ishsiz. Qozoqstonga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘i ham 2020 yil 20 yanvar kuni uyiga pulsiz qaytib kelgan. Kamiga erim chet eldan kelsa beraman deb kreditga muzlatgich sotib olgan. Bundan tashqari uyi yaqinidagi oziq-ovqat do‘konlaridan bir million so‘mga yaqin qarzi bor. Eri shuncha vaqt ishlab pul olib kelmaganligi tufayli qarzlarini qanday qilib to‘lashni o‘ylay boshlagan ayol oxir oqibat o‘g‘irlik qilib pul topish fikriga kelgan. Oqibatda Amudaryo tumani bozoriga borib o‘g‘irlik qilgan.

Sud tomonidan sudlanuvchiga qilmishiga yarasha 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining 533-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan kenja farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar tayinlangan jazosini kechiktirish to‘g‘risida hukm chiqarildi.

 

Ibrayim Allaniyazov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudining raisi     


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!