Nukusda ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Nukusda ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Temir jol” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Nukus shahri “Temir jol” MFYda joylashgan 4 qavatli uyda dastlabki ma’lumotlarga asosan havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari hamda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!