Nukusda ikki bola "Hot lanch"dan zaharlangani rostmi?

Nukusda ikki bola "Hot lanch"dan zaharlangani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ikki nafar bolaning hotlanchdan zaharlangani haqidagi xabar tarqaldi.

Unda qayd etilishicha, bolalarning bir nafari vafot etgan, bir nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmat quyidagilarni ma’lum qildi.

Darhaqiqat, ikki nafar bola kasalxonaga olib kelingan. Bir nafarining ahvoli og‘ir bo‘lganligi tufayli vafot etgan, bir nafarining sog‘ligi yaxshi. Ammo ularni aynan hotlanchdan zaharlangan deb aytishga erta. Hozirda tibbiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tibbiy ekspertiza xulosasi bilan bunga aniqlik kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!