Nukusda 22 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Nukusda 22 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan 22 yoshli qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 16 may kuni soat taxminan 06:30 da yuz bergan. 2000 yili tug‘ilgan fuqaro J.SH.(ayol kishi) tanishi bilan o‘zaro janjallashib qolgani sabab, jahl ustida Nukus shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanaliga o‘zini otib, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra voqea joyida qutqarib qolingan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va fuqaroning o‘z joniga suiqasd qilish sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!