Nukusda 19 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlamoqchi bo‘ldi

A A A
Nukusda 19 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlamoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Nukus shahrining "Do‘stlik" kanalida fuqaro joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Bu bilan bog‘liq xabar kecha, 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Tarqalgan videolarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ayol kishini qutqarib, kanal atrofidagi qismdan chiqarayotgani aks etadi.

Yoshlar telekanalining "Yangi davr" informasion dasturida oydinlik kiritilishicha, voqea taxminan ertalabki soat 6larda yuz bergan.

Qayd etilishicha, IIV hamda FVB xodimlari hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borgan va bir insonning hayotini saqlab qolingan.

"Kanal bo‘yida noma’lum fuqaro o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtda men uni ko‘rib qoldim. Qoraqalpog‘iston IIV navbatchilik qismiga xabar berdim. FVB qutqaruv xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston IIV patrul-post xizmatlari xodimlari bilan birgalikda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro qutqarib qolindi",-deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘limi mutaxassisi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqeaga fuqaroning tanishi bilan tortishib qolgani sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilayotgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!