Nukus yaqinida uchta avtomobil to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi

Nukus yaqinida uchta avtomobil to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida 3ta avtomobil ishtirokidagi mudhish yo‘l-transport hodisa natijasida 6 kishi halok bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston YXHB matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, voqea 11 may kuni sodir bo‘lgan. Nukus-To‘rtko‘l yo‘lining 225 kilometri (Chilpiq yodgorligi qarshisi)da Cobalt, Nexia va Damas o‘zaro to‘qnashib ketgan. Avariya natijasida jami 6 kishi halok bo‘lgan.

Cobalt’dagi 1 nafar yo‘lovchi, Nexia’dagi 4 nafar yo‘lovchi va Damas haydovchisi voqea joyida jon bergan. Nexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan. Ularning holati bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nukus yaqinida uchta avtomobil to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi

Nukus yaqinida uchta avtomobil to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi

Nukus yaqinida uchta avtomobil to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!