Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi vafot etdi. Sababi ma’lum

Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi vafot etdi. Sababi ma’lum

2021 yil 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahri, 22-kichik tuman 8/6-uy, 43-xonadonda ijarada yashovchi, Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R(erkak) xonadonda o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan marhum R.R. nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!