Noyob turdagi 200 kilogrammli toshbaqa Yangi Zelandiya qirg‘og‘idan o‘lik holda topildi

Noyob turdagi 200 kilogrammli toshbaqa Yangi Zelandiya qirg‘og‘idan o‘lik holda topildi

Yangi Zelandiyada noma’lum turdagi yo‘qolib ketayotgan terili toshbaqa (dunyodagi eng yirik dengiz toshbaqalari) Pidjen ko‘rfazi qirg‘oqlariga chiqib qoldi. Bu haqda mahalliy Stuff axborot portali xabar bermoqda.

Hodisa 18 mart, dushanba kuni Akaroa shaharchasida sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi uzunligi taxminan 2,5 metr va eni 1,8 metr toshbaqani o‘lik holda topgan. Uning og‘irligi taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra 200 dan 300 kilogrammgachadir. Sudraluvchi yuk mashinasiga ortildi va Kraystchyorchga olib borildi.

Keyinchalik, toshbaqa qoldiqlarini tekshirish va o‘lim sababini aniqlash uchun Vellingtonda joylashgan Yangi Zelandiya Milliy muzeyiga, Te Papa ga yuboriladi.

Biz u nima uchun o‘lganini faqat taxmin qila olamiz. Bu ish bilan Te Papa shug‘ullanadi. Ehtimol, ular jonivorning ichidan bir qancha plastik topishar , deydi tabiatni muhofaza qilish departamenti vakili Derek Koks. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning tajribasida so‘nggi 12 yil ichida noyob terili toshbaqaning topilishi bu uchinchi holatdir. 20 mart, chorshanba kuni mutaxassislar hayvonning tanasini muzlatib qo‘ydi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!