Novak Jokovich faoliyatidagi 1000-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Novak Jokovich faoliyatidagi 1000-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo‘yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich ushbu musobaqaning yarim finalida tarixiy natijaga erishdi. Serbiyalik tennis yulduzi ATP reytingida 10-o‘rinni egallab turgan norvegiyalik Kasper Ruudni 6/4, 6/3 hisobida taslim etdi. Bu esa uning faoliyatidagi 1000-g‘alabasi edi.

Tarixiy uchrashuv 103 daqiqa davom etgan. Bu vaqt davomida 35 yoshli Jokovich 1 ta, 23 yashar Ruud esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o‘zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!