Norvegiyada qurollangan erkak besh kishini kamondan otib o‘ldirdi

Norvegiyada qurollangan erkak besh kishini kamondan otib o‘ldirdi

Norvegiyaning Kongsberg shaharchasida (Oslodan 80 km) noma’lum shaxs besh kishini kamondan otib o‘ldirdi va bir necha kishini yaraladi, deb xabar qilmoqda DW.
Polisiya tez orada ushbu jinoyatda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra jinoyatchi bir o‘zi bo‘lgan. Ushbu jinoyat terakt bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.
"Bo‘lib o‘tgan voqealar zanjirini hisobga olganda, ushbu jinoyat terakt bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Buni tekshirib aniqlash kerak. Gumonlanuvchi hozircha so‘roq qilingani yo‘q. Uning motivlari haqida gapirish hali erta", - dedi polisiya vakili Eyvind Aas 13 oktyabr kuni matbuot anjumanida.
Polisiya ma’lumotdiga ko‘ra voqea 13 oktyabr kech soat 18:15da sodir bo‘lgan. Jinoyatchi shaharning bir necha joyida hujumlar uyushtirgan. Soat 18:30da u supermarketga kirib kelgan. Oradan 15 daqiqa o‘tib jinoyatchi hibsga olingan. Uning yonidan pichoq va boshqa qurollar ham topilgan. Jinoyatchi Kongsbergda doim yashaydigan 37 yoshli daniyalik erkak ekanligi aniqlangan.
Voqea sodir bo‘lgan hudud polisiya va maxsus bo‘linma kuchlari bilan har tomondan qurshab olingan, bir necha tez yordam brigadalari, sapyorlar va vertolyotlar ishlagan. Voqeadan so‘ng Norvegiya polisiyasi rahbara mamlakatdagi barcha polisiya xodimlariga qurol berish haqida buyuruq chiqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!