Norvegiyada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi
Oslodan 50 km g‘arbda OAV tomonidan mamlakatda Ikkinchi jahon urushi davridan beri eng yirigi deb atalayotgan yong‘inga qarshi kurash davom etmoqda. Bir kun avval boshlangan yong‘in Krokstadelva posyolkasidagi 100 dan ortiq turar joy binosini vayron qildi va yaqin atrofdagi o‘rmonga o‘tdi, deb xabar bermoqda "NRK" mediakompaniyasi.
Voqea joyida 12 ta o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita vertolyot ishlamoqda, yana to‘rtta o‘t o‘chirish vertolyoti yo‘lda. 400 ga yaqin mahalliy aholi evakuasiya qilindi. O‘n kishi tutundan zaharlandi, ikki kishi shifoxonaga yetkazildi. Bir polisiyachi yengil jarohat oldi.
Iyul oyi boshidagi haddan tashqari issiq va quruq ob-havo fonida o‘rmon yong‘inlari Ispaniya, Fransiya, Portugaliya, Gresiyada ham boshlandi. O‘nlab kishilar halok bo‘ldi, minglab odamlar evakuasiya qilindi, minglab gektar o‘simlik dunyosi vayron bo‘ldi.
