Norvegiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Norvegiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Norvegiya hukumati Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketiga mos keluvchi yangi cheklovlar paketini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Yangi sanksiyalar energetika va moliya sohalariga qaratilgan bo‘lib, ular Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini zaiflashtirish hamda sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga yana 46 nafar jismoniy shaxs kiritildi. Ularga Norvegiyaga kirish taqiqlandi va mamlakatdagi aktivlaridan foydalanish huquqi cheklandi. Shuningdek, 80 ta tashkilotning moliyaviy aktivlari muzlatildi, Rossiyaning «soya floti»ga mansub yana 46 ta kema ham sanksiyalar ostiga tushdi.

Norvegiya tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eydening aytishicha, yangi choralar banklar, kriptovalyuta xizmatlari, suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) sohasi, «soya floti» hamda uchinchi davlatlar orqali sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan sub’ektlarga qarshi qaratilgan.

Evropa Ittifoqi joriy yil aprel oyida Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qilgan edi. Ayni paytda 21-paket bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning bildirishicha, a’zo davlatlar hali barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishmagan bo‘lsa-da, yaqin vaqt ichida muzokaralarni yakunlash rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Трафф