Norvegiya qirollik oilasida ketma-ket ikki qayg‘u: malika Astrid 94 yoshida vafot etdi

Norvegiya qirollik oilasida ketma-ket ikki qayg‘u: malika Astrid 94 yoshida vafot etdi

Norvegiya malikasi Astrid 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat qirollik oilasi ma’lum qildi.

Astridning vafoti ukasi — Norvegiya qiroli Xarald V dafn etilganidan ikki kun o‘tib sodir bo‘ldi. Qirollik saroyi ma’lumotida malika 11 sentyabr kuni «tinch vafot etgani» aytilgan.

Malika may oyida Oslodagi shifoxonaga yurak yetishmovchiligi sabab yotqizilgan va unga vaqtinchalik kardiostimulyator o‘rnatilgan edi. Shunga qaramay, Astrid 9 sentyabr kuni ukasi Xaraldning dafn marosimida qatnashgan.

Astrid va Xarald Norvegiya qiroli Olaf Vning hayot bo‘lgan so‘nggi farzandlari edi.

Shu tariqa, Norvegiya qirollik oilasi atigi ikki hafta ichida katta avlodning ikki vakilini yo‘qotdi. Astrid bir necha o‘n yillar davomida rasmiy tadbirlarda qirollik oilasi nomidan ishtirok etib, ukasiga davlat marosimlarida hamrohlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхоÐ