Noqonuniy olib kirilgan tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Noqonuniy olib kirilgan tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq MIBning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilgan ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmoqda.

Jumladan, Respublika hududiga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan hamda bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan 207 mln. so‘m miqdoridagi 21 ming 200 quti tamaki mahsulotlari sudning qarori asosida yo‘q qilish belgilangan bo‘lib, joriy yilning 23 noyabr kuni mazkur tovar moddiy boyliklar yo‘q qilindi. Yo‘q qilish tadibirida tegishli tashkilot vakillari ham ishtirok etib, Byuroning poytaxt boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan mazkur ijro hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!