Nomusga tegish jinoyati eng ko‘p qaysi viloyatida sodir etilgan?

Nomusga tegish jinoyati eng ko‘p qaysi viloyatida sodir etilgan?

Joriy yilda 99 nafar shaxs aynan nomusga tegish jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan. Bu haqda 26 oktyabr kuni Bosh prokuratura tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish va oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’lum qilindi.

"Zo‘ravonlik harakteridagi jinoyatlar toifasiga kiradigan nomusga tegish jinoyati tahlil qilinganda, bunday jinoyatchilar asosan Toshkent viloyatida ko‘pchilikni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Toshkent viloyatida 27 nafarni, Samarqand viloyatida 13 nfafarni, Jizzax viloyatida 7 nafarni tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatdi", dedi Oliy sud sudyasi Nodira Hakimova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!