Noma’lum shaxslarga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmang!

Noma’lum shaxslarga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmang!

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro M.A. ariza bilan murojaat qilib, arizasida telegram messenjeridagi “Toshkentliklar” guruhida bir shaxs bilan tanishib, unga profiliga ikkinchi foydalanuvchi bo‘lib kirishga ruxsat berganligi hamda noma’lum shaxs undagi ma’lumot va ota-onasi telefon raqamlarini qo‘lga kiritganligini, so‘ngra u bilan muloqot qilayotganligini ota-onasiga aytib berishini ro‘kach qilib M.A.dan behayo foto va videotasvirlarini jo‘natishni talab qilganligini bildirgan.

Ularni qo‘lga kiritgan shaxs yaqin qarindoshlariga tarqatish bilan qo‘rqitib, 500 AQSh dollari talab qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noma’lum shaxs Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2-guruh nogironligi bor shaxs, 1999 y.t., U.D. ekanligi aniqlangan.

U.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!