Noma’lum kasallik: olti nafar bola hayotdan ko‘z yumdi

Noma’lum kasallik: olti nafar bola hayotdan ko‘z yumdi

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida oxirgi ikki hafta ichida noma’lum kasallikka chalingan olti oydan to‘rt yoshgacha bo‘lgan olti nafar bola hayotdan ko‘z yumdi va yetti nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bergan.

Xastalikka chalinish bo‘yicha barcha holatlar Malkangiri viloyatidagi Tamanpalli qishlog‘ida kuzatilgan.

Shifoxonada yotgan bolalarning isitmasi baland, ularda yo‘tal, ko‘ngil aynishi va qusish kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Mahalliy shifokorlar hali kasallikning aniq sababini topa olmagan.

Xabarga ko‘ra, kasallangan bolalarning qon namunalari shtat poytaxti Bxunbanesvar shahriga yuborilgan. Mahalliy hokimlik vakillari viloyatdagi shifokorlarga yordam berish uchun malakali tibbiyot xodimlarini kasallik tarqalgan hududga yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!