Noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi
«Saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–238-son, 24.06.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan Davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida saraton kasalliklariga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda quyidagi xizmatlar xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplanadi:
🟢 saraton kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan laborator va instrumental diagnostik tekshiruvlar;
🟢 saraton kasalliklarini tashxislash va ularning bosqichini aniqlash;
🟢 jarrohlik amaliyotlari;
🟢 medikamentoz (1-guruhdagi (bazaviy) o‘smaga qarshi, gormonal hamda qo‘llab-quvvatlovchi terapiyada qo‘llanadigan dori vositalari) va nur terapiyasi;
🟢 palliativ yordam;
🟢 reabilitasiya va dispanser kuzatuvi bo‘yicha xizmatlar.
📎 Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi huzurida Noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi.
