Nohaqlikka chidolmagan migrant dahshatli tarzda qasos olmoqchi bo‘ldi

Nohaqlikka chidolmagan migrant dahshatli tarzda qasos olmoqchi bo‘ldi

Milanda avtobus haydovchisi bolalarni olib ketayotganda uni yoqib yuborchi bo‘ldi.

Milano Today xabariga ko‘ra, avtobusni senegallik boshqarargan. To‘satdan avtobusni to‘xtatgan, maktab o‘quvchilarini ichkarida qoldirib, tez yonuvchi suyuqlik yordamida avtobusning ichki qismiga o‘t qo‘ygan. Bu orada bolalardan biri militsiyaga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘n bitta tez yordam mashinasi, o‘t o‘chiruvchilar va vertolyot voqea joyiga yetib kelgan. Xayriyatki, maktab o‘quvchilarining hech qaysi biri shikastlanmagan.

Haydovchi hibsga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, senegaliyalik avtobusni yoqib yuborishdan oldin Bu cho‘kib ketgan qochoq bolalar uchun! Bu yerdan hech kim tirik chiqmaydi! deya baqirgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Senegaldan Italiyaga kelgan haydovchi ilgari voyaga etmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda aybdor deb topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!