Nogironligi bor navoiylik yigit aravacha o‘rniga kitob berishlarini so‘radi

Nogironligi bor navoiylik yigit aravacha o‘rniga kitob berishlarini so‘radi

Navoiy shahridagi Umid mahallasida yashovchi o‘n olti yasharli Jasur Berdiyev fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining Navro‘z bayramiga sovg‘a sifatida olib kelgan nogironlik aravachasi o‘rniga kitob berishlarini iltimos qildi. Bu haqda Xalq so‘zi xabarida aytiladi.

Nasib etsa, yaqin orada o‘zim oyoqqa turib ketaman, deydi Jasur. Shu kungacha ikki yuzdan ortiq kitoblardan ma’naviy darmon oldim. O‘qiganim sayin kuchimga kuch qo‘shilayotganini his etmoqdaman.

Mutasaddilar Jasurning iltimosini qanoatlantirib, unga 20 ta kitob va noutbuk sovg‘a qilishdi. Guruh safida xonadonga tashrif buyurgan poytaxtlik shifokorlar bunday iroda bilan Jasur tez orada oyoqqa turib ketishiga qat’iy ishonch bildirdilar.

Shuningdek, mazkur guruh Navro‘z munosabati bilan shahardagi Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Rohat Tursunovaning holidan xabar olib, unga davolanishi uchun moddiy yordam hamda uy bekasi keliniga tikuv mashinasi topshirishdi.

Bundan tashqari shu kuni yana olti nafar nogironga tikuv mashinasi, 4 nafariga nogironlik aravachasi va 5 nafariga oshxona maishiy jamlamasi sovg‘a qilindi.

Shahardagi ko‘zi ojizlar maktab-internatining o‘z muchal to‘ylarini nishonlayotgan besh nafar o‘quvchisi esa boshdan-oyoq bayramona libos bilan ta’minlandi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!