"Nogironligi bor bolalar jismoniy zo‘ravonlikdan aziyat chekmoqda"

"Nogironligi bor bolalar jismoniy zo‘ravonlikdan aziyat chekmoqda"

«Nogironligi bor yuzlab bolalar ular uchun mo‘ljallangan davlat muassasalarida saqlanadi va ular bunday joylarda e’tiborsizlik, zo‘ravonlikka uchrab, oilalaridan ayro tarzda yashaydilar», — deydi «Human rights watch»ning Markaziy Osiyo bo‘yicha katta tadqiqotchisi Mira Rittman. Tadqiqotchining fikricha, Qozog‘iston hukumati bunday tahqirlarga chek qo‘yishi va nogironligi bor bolalar va ularning oilaviy hayotga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish uchun boshqacha tizim ishlab chiqishi lozim, deydi "human.uz".

2017 yilning oktabr oyidan boshlab 2019-yilning apreliga qadar «Human rights watch» bolalar muassasida yashagan 27 nafar nogiron bolalar, ularning ota-onalari, muassasa jamoasi, nogironlik huquqlari bo‘yicha mutaxassislar va faollardan intervyu olgan. «Human rights watch» nogironligi bor bolalar uchun mo‘jjallangan muassasalardan 3 tasiga tashrif buyurgan.

Yopiq muassalarda ulg‘aygan bolalar va o‘smirlar muassasa jamoasi tomonidan kaltaklanishi, ularni jazolash yoki boshqarish uchun majburiy tarzda tinchlantiruvchi dorilar berilishi va yoshroq bolalarga qarashga majburlanishlarini aytgan.

Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligiga tayanib ma’lum qilinishicha, ruhiy holat va rivojlanishda nuqsoni bor bolalar uchun Qozog‘istonda 19 davlat muassasasi faoliyat yuritadi. 2 mingdan ziyod bolalar bunday muassasalarda kun kechiradi va aksar bolalarning ota-onalaridan biri hayot.

Muassasa jamoasi bolalarning qichqirish, baqirish yoki murabbiy ko‘rsatmalariga amal qilmaslik kabi holatlarda, tinchlantirish uchun ularga psixotropik dorilar berilishini hamda psixiatriya kasalxonalariga jo‘natishlarini tasdiqladi. Bunday dorilar shizofreniya, uyqu bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda yoki kuchli og‘riqni qoldirishda ishlatiladi. Tinchlantiruvchi dorilar bolalarni ba’zi holatlarda 24 soatgacha uxlatib qo‘yadi.

18 yoshga to‘lgan bolalar voyaga yetganlar uchun mo‘ljallangan muassalarga jo‘natiladi va o‘sha yerda qoladi. Bundan bilish mumkinki, voyaga yetgan nogironligi bor shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlovchi davlat hizmatlari yetishmaydi.

Davlat muassalarida yashayotgan nogironligi bor bolalarga juda oz miqdorda ta’lim beriladi yoki umuman ta’lim berilmaydi.

«Human rights watch» vaziyat yuzasidan o‘zining bir qancha tafsiyalarni berdi», — deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!