Nogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Nogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022 y.) bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🔰Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

✅ Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.

📌 Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

🔹 o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
➖ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikasiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
➖nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi;

🔹 yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
➖yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
➖ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

❗️Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

🔘 Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqilib:

▫️subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma’lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;
▫️nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

☑️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid ma’lumotlar sir saqlanadi.

📋 Hukumat qarori bilan shuningdek, Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti ham tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!