Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi musobaqadan keyin FIDE reytingida 12 pog‘ona ko‘tarildi

Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi musobaqadan keyin FIDE reytingida 12 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2023 musobaqasidan keyin FIDE reytingida katta o‘sishga erishdi.

Niderlandiyada o‘tgan turnirda Abdusattorov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U musobaqada to‘rtta g‘alaba, 8 durang va bitta mag‘lubiyat qayd etdi.

Mazkur nufuzli musobaqa yakuniga ko‘ra Nodirbek FIDE reytingida 20,5 ochko to‘plab, umumiy reytingini 2733,5 ga yetkazdi. Abdusattorov birdaniga 12 pog‘onada ko‘tarilib, reytingning 18-pog‘onasidan joy olgan.

Avvalroq 18 yoshli Abdusattorov FIDE reytingida eng yuqori natija qayd etgan o‘zbekistonlikka aylangani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!