Nishonga urilgan gaplar: “Gunoh qilsam, faqat Alloh taolo gunohlarimni mag‘firat qiladi”

Nishonga urilgan gaplar: “Gunoh qilsam, faqat Alloh taolo gunohlarimni mag‘firat qiladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

O‘ylab ko‘ring, agar Alloh taolo Yusuf alayhissalomga sinovlarning boshidayoq najot berganida, u kishiga Misr xazinalari kelmagan bo‘lardi.

Gohida sinov ne’matni, mukofotni kattaroq berish uchun cho‘zilib ketadi. Siz Alloh taologa butun borlig‘ingiz bilan ishoning, “Nega boshimdan bu dard, sinov, musibat arimayapti” deb shoshqaloqlik qilmang!

“Xovatir roqiya jurnali”

***

Yiqilsam, faqat Alloh taolo meni turg‘azib qo‘yadi.

Bemor bo‘lsam, faqat Alloh taolo menga shifo beradi.

Faqir bo‘lsam, faqat Alloh taolo menga boylik beradi.

Gunoh qilsam, faqat Alloh taolo gunohlarimni mag‘firat qiladi.

Qiyin ahvolda qolsam, faqat Alloh taolo menga yordam beradi.

Ey Robbim, meni O‘zingning hidoyatingdan ayirmagin va xotimamni go‘zal qilgin!

***

Qiyin lahzalarda Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘ling!

Xotirjamlik paytlarida Alloh taoloni ko‘p zikr qiling!

Og‘riqli kezlarda Alloh taoloning rahmatiga ishoning!

Sizni yaratgan Zot o‘z holingizga ham tashlab qo‘ymaydi.

“Xovatir roqiya jurnali”

***

Sizning Alloh taologa yuzlanishingizga, Unga qattiq berilib duo qilishingizga sabab bo‘lgan balo, sinov aslida Alloh taoloning sizga ato qilgan ne’matidir.

“Xovatir roqiya jurnali”

***

Ba’zi odamlar “Ayblarimni ko‘rmayman. Boshqalarning ayblari ortidan yuguraman” degan pozisiyada yashaydilar.

“Xovatir roqiya jurnali”

Tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!