Nishonga urilgan gaplar: “Albatta, Alloh O‘ziga iltijo qilgan, yordam va panoh so‘ragan qalbni yordamsiz qoldirmaydi!”

Nishonga urilgan gaplar: “Albatta, Alloh O‘ziga iltijo qilgan, yordam va panoh so‘ragan qalbni yordamsiz qoldirmaydi!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

*****

Agar Alloh taolo sen uchun bir ishning ro‘yobga chiqishini iroda qilsa, uning sabablarini senga tayyorlab qo‘yadi. Sen chin qalbdan Ey Robbim! deb duo qilgin!

Fikr durdonalari

*****

Omonlik bir satrda:

Albatta, Alloh O‘ziga iltijo qilgan, yordam so‘ragan, panoh so‘ragan qalbni yordamsiz qoldirmaydi!

*****

Aybimni hech kim yo‘q joyda yuzimga aytgan insondan Alloh rozi bo‘lsin!

*****

Shoshilish kerak bo‘lgan o‘rinlar:

  1. Namozni vaqtida o‘qish.
  2. Janozani tezlatish.
  3. Tengi topilgan yigit-qizni uylantirib, turmushga berish.
  4. Qarzni uzish.
  5. Mehmonni ikrom qilish.

*****

- Nutfadan yaratilganmiz.

- Aslimiz loydan.

- Eng qimmat libos (ya’ni, ayollar kiyadigan ipak liboslar) ipak qurtidan olinadi.

- Eng mazali taomimiz (ya’ni, asal) asalaridan olinadi.

- Yotadigan joyimiz yer tagidagi chuqurlikdir.

Bas, shunday ekan, nega manmanlik qilamiz?!

Xovatir roqiya jurnali

*****

Nuqta qo‘yishing kerak bo‘lgan o‘rinda vergul qo‘yishni bas qil!

Tarix muhrlagan so‘zlar

*****

To‘ng‘iz bilan balchiqda kurash tushib o‘ynama. Sening hamma joying iflos bo‘ladi, u esa bundan mazza qiladi.

Ingliz maqoli

*****

Zulmning oldida jim turish zolimga yordam berishdir.

Tarix muhrlagan so‘zlar

*****

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!