Nikolayevda 1 sentyabrdan boshlab rus tilini o‘qitish to‘xtatiladi

A A A
Nikolayevda 1 sentyabrdan boshlab rus tilini o‘qitish to‘xtatiladi

Nikolayev shahar kengashi ijroiya qo‘mitasi 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab shahar maktablarida rus tilida ta’limni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga keng ko‘lamli bostirib kirishi munosabati bilan Nikolayev maktablarida ta’lim rus tilida olib boriladigan 1-4-sinflar faoliyati taqiqlanadi”, — deya hujjatdan iqtibos keltiradi BBC Ukraina xizmati.

Shuningdek, 1-11 sinflar uchun rus tilini fan, kurs yoki tanlov sifatida o‘rganish va “rus tilida ta’lim muhitini shakllantirish” ham taqiq ostida.

Bu choralar barcha munisipal ta’lim muassasalariga taalluqlidir, dedi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Yekaterina Stokolias.

Urush boshidan beri Nikolayev rus qo‘shinlari tomonidan bir necha bor o‘qqa tutildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!