Nikaragua hukumati Italiya bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Nikaragua rasmiylari Italiya bilan diplomatik aloqalarni uzganini e’lon qilishdi.
Bu haqda Nikaragua hukumati e’lon qildi.
"Ushbu qaror Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining Nikaragua xalqi va hukumatini haqorat qilgan, xalqlar va hukumatlar o‘rtasidagi munosabatlarga hurmatning barcha normalarini e’tiborsiz qoldirgan asossiz, tajovuzkor va mas’uliyasiz bayonotlariga javoban qabul qilindi", deyiladi bayonotda.
Vaziyat Tayani ko‘p yillar davomida Nikaraguada yashirinib yurgan terrorchi, sobiq Italiya bosh vaziri Aldo Moroning qotillaridan biri Alessio Kasimirrini ekstradisiya qilish haqidagi iltimosini qaytadan boshlaganidan keyin keskinlashdi.
Bir kun oldin Madridda Tayani 1978 yilda Qizil brigadalar a’zolari tomonidan o‘ldirilgan Moroni xotirladi va Nikaragua rasmiylarini Kasimirriga boshpana va himoya berishda davom etgani uchun qoraladi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Nikaragua hukumati Italiya tomoni tomonidan berilgan ekstradisiya so‘rovlarini bajarishdan bosh tortmoqda.
