Nigeriya Tunisni mag‘lub etib, Afrika Millatlar Kubogining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nigeriya Tunisni mag‘lub etib, Afrika Millatlar Kubogining bronza medalini qo‘lga kiritdi

17 iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda Nigeriya terma jamoasi Tunis termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvdagi yagona gol 3-daqiqada nigeriyalik hujumchi Odion Igalo tomonidan kiritildi.

Shu tariqa Nigeriya Tunisni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, final bahsi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Senegal terma jamoasi Jazoir termasi bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurashadi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!