Nigeriya janubidagi yo‘l-transport hodisasi tufayli 16 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya janubidagi yo‘l-transport hodisasi tufayli 16 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya janubidagi Lagos shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Alar-Epe trassasida yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

– YTH natijasida 16 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohatlandi, – dedi Nigeriya federal yo‘l harakati xavfsizligi korpusining Lagos shtatidagi vakili Olusegun Ogungbemide.

Hozirda yaradorlarning ahvoli juda og‘ir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, baxtsiz hodisaga yuk mashinasi haydovchisining tezlikni oshirishi sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!