Neymar samaradorlikda Messini ham ortda qolmoqda

Neymar samaradorlikda Messini ham ortda qolmoqda

Neymar joriy mavsumda "PSJ"da har bir o‘yinda kamida 1 ta golda qatnashdi.

Braziliya terma jamoasining 30 yoshli hujumchisi Liga 1 20-turidan o‘rin olgan "Reyms"ga qarshi o‘yinda (1:1) hisobni ochdi.

Hozirda Neymar barcha musobaqalarda parijliklar safida 25 ta o‘yinda “gol+pas” tizimi bo‘yicha 32 (17+15) ochkoga ega.

Liga 1da Neymar 12 ta gol urdi va "PSJ"dagi jamoadoshi Kilian Mbappedan bitta kamroq gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Braziliyalik futbolchi 10 tadan golli uzatma bilan Lionel Messi bilan tenglashib, golli uzatmalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq, Neymar gol+pas bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi - 22 ochko, Messida esa 18 ta samarali harakat bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!