Neymar "PSJ"ga, aslida, qanchaga tushgani ma’lum bo‘ldi

Neymar "PSJ"ga, aslida, qanchaga tushgani ma’lum bo‘ldi

Ispaniyaning El Mundo nashri Neymarning "PSJ" bilan shartnomasi tafsilotlari bilan bo‘lishdi.

Gazeta "Neymar: "PSJ "bilan futbolning iqtisodiy muvozanatini buzgan shartnoma" sarlavhasi ostida material chop etdi.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Neymar uchun "Barselona"ga 222 million yevro to‘lagan. Biroq, transferning umumiy summasi - maosh va bonuslarni hisobga olgan holda — 489 228 117 yevroga tushgan.

2017 yilning yozida braziliyalik 5 yillik shartnomaga imzo chekdi, yiliga 43 334 400 yevro maosh belgilandi, soliqlar bundan mustasno. Shuningdek, shartnomada oltinchi yil ko‘zda tutilgan, shundan so‘ng futbolchiga sodiqlik uchun bonus sifatida 50 556 117 yevro to‘lanishi kerak.

Bu bahorda Neymar shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi. El Mundo xabariga ko‘ra, pul shartnomasi oldingi shartnomaning oxirgi yilidagi shartlar bilan tuzilgan. Shuningdek, futbolchi klub bilan bog‘liq barcha imij huquqlarini "PSJ"ga o‘tkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!