Neymar faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi

Neymar faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi

"Santos" hujumchisi Neymar futboldagi professional faoliyatini yakunlash ehtimoli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman. "Santos" bilan dekabrgacha shartnomam bor, klub uchun qo‘limdan kelganini qilmoqchiman. Bundan so‘ng o‘z variantlarimni ko‘rib chiqaman. Qolish, ketish, faoliyatimni yakunlash, o‘ynashni davom ettirish... Men bilmayman! Dekabrgacha hali vaqt bor. Kutamiz va ko‘ramiz", — deya Neymarning so‘zlarini jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2025 yilda jonajon "Santos" klubiga qaytgan edi, uning shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirigacha amal qiladi. 2026 yilda forvard jamoa safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi. "Santos"dan tashqari, Neymar "Barselona", PSJ va "Al Hilol" klublarida ham o‘ynashga ulgurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир Россия билан “гибрид уруш” ҳолатида.

Legionerimiz jamoasi bilan Chempionlar ligasida millionlab yevro ishlab oldi

Ўзбекистон миллий терма жамоасига номзод Умарали Раҳмоналиев ўйнаё