Nevrolog insultning dastlabki bosqichlarida yuzaga keladigan belgilarni sanab o‘tdi

Nevrolog insultning dastlabki bosqichlarida yuzaga keladigan belgilarni sanab o‘tdi

Insultning dastlabki bosqichlarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan alomatlar haqida nevrolog Igor Masokin ma’lumot berdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, insult organizmda muayyan fuksiyalarning yo‘qolishi fonida yuzaga keladi.

“Miya qon aylanishining buzilishi yoki boshqacha qilib aytganda, insult – bu klinik sindrom bo‘lib, bunda tromboz yoki emboliya tufayli qon ta’minoti buzilishi oqibatida miyaning har qanday funksiyasi ishdan chiqadi”, deydi ekspert.

Qattiq bosh aylanishi, yutinishning buzilishi, og‘zaki nutqni idrok etishda qiyinchilik, hushdan ketish, qo‘rish qobiliyatining pasayishi, bitta narsaning ikkita bo‘lib ko‘rinishi insultdan oldingi holat belgilaridir. To‘satdan yuzaga keladigan bosh og‘rig‘i, parishonxotirlik va amneziya, epilepsiya, ko‘krak orqasidagi noqulaylik, yurakdagi o‘zgarishlar va beqaror qon bosimi ham kasallikdan darak berishi mumkin.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, nevrologik alomatlarni sezish va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish juda muhim. Yuqoridagi alomatlar turli kasalliklarni ko‘rsatishi mumkin, faqat mutaxassis aniq tashxis qo‘yishi mumkin.

Nevrologning qo‘shimcha qilishicha, insult qo‘l, oyoq yoki tananing yarmidagi zaiflik, yuzdagi asimmetriya, so‘zlarni talaffuz qilish yoki nutqni tushunishdagi qiyinchilik, ko‘rish qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi insultning bevosita belgilaridir, deb xabar beradi mir24.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!