Netanyaxu Flydubai reysi komandirini Isroilga taklif qildi

Netanyaxu Flydubai reysi komandirini Isroilga taklif qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Flydubai aviakompaniyasining Dubay–Tel-Aviv reysi komandiri, Hindiston fuqarosi Smit Machchxarni 2027 yil may oyida Isroil Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga taklif qildi.

Netanyaxu uchuvchini Isroil, Hindiston va butun dunyo uchun qahramon deb atab, uni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan birga Mustaqillik kunida mash’ala yoqish marosimida ishtirok etishga chaqirdi.

Hozirda shifoxonada bo‘lgan uchuvchi suhbat davomida Dubaydan Tel-Avivga uchgan reysda sodir bo‘lgan voqea haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berdi.

Avvalroq BAA rasmiylari Boeing 737 samolyotining ikkinchi piloti terakt sodir etishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi. U kabinadagi avariya boltasidan foydalanib, samolyot komandiriga hujum qilgan. Hujumchining motivi hozircha aniq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pi