Nestlé Uzbekistan biznesini Fransiya kompaniyasiga sotdi

Nestlé Uzbekistan biznesini Fransiya kompaniyasiga sotdi

Nestlé Uzbekistan suv va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha biznesini Fransiyaning Lactalis kompaniyasiga sotish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda kompaniya tomonidan 16 iyul kuni tarqatilgan press-relizda ma’lumot berilgan. «Gazeta.uz»ning qayd etishicha, bitim qiymati e’lon qilinmagan.

Bitim shartlariga ko‘ra, Nestlé’ning O‘zbekistondagi suv va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha biznesi, xususan, Namangandagi ikkita fabrika Lactalis mulkiga aylanadi. Bitim yakuniga yetganidan so‘ng, kompaniya Lactalis bilan O‘zbekistonda Nestlé’ning global brendlari — Nesquik, Nido ichimliklari va Nestlé Pure Life suvini ishlab chiqarish bo‘yicha lisenziya kelishuvini imzolaydi.

«Lactalis — sut mahsulotlari jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biridir. O‘zbekistondagi kelishuv natijasida biz Nestlé brendi ostida sut va suv turkumlarida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha kuchli hamkorga ega bo‘lmoqdamiz», — deya ta’kidladi Nestlé’ning Rossiya va Yevroosiyo mintaqasidagi rahbari Marsial Rollan.

Nestlé O‘zbekiston bozoriga keng turkumdagi mahsulotlarini, xususan, qandolat mahsulotlari, qahva va bolalar yeguliklarini yetkazib berishda davom etadi. Qayd etish joiz, Nestlé Uzbekistan 2017 yil noyabrida Toshkentdagi ichimlik suvi ishlab chiqarish bo‘yicha zavodini ham sotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!