Nepaldagi noroziliklar 900 nafar mahbuslarning qamoqxonadan ommaviy qochib ketishiga olib keldi
Nepalda davom etayotgan namoyishlar fonida 900 ga yaqin mahbus qamoqdan qochib ketdi.
Bu haqda India Today nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Poxra shahrida namoyishchilar mahalliy qamoqxonaga bostirib kirib, polisiyani chekinishga majbur qilgan.
Katmanduda namoyishchilar Naxu qamoqxonasi binosining bir qismini yoqib yuborgan, barcha mahbuslar ozod qilingan. Ularning orasida sobiq ichki ishlar vaziri Ravi Lamichhane ham bor edi, uni tarafdorlari uyiga kuzatib qo‘yishdi.
Bu ikki shaharda vaziyat keskinligicha qolmoqda, rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, Nepalda tartibsizliklar va zo‘ravon namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda, ular davomida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, yana yuzlab odamlar yaralandi. Xavfsizlik kuchlari Federal parlament binosi yaqinidagi namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Keyinroq namoyishchilar hukumatning muhim inshootlari, jumladan parlament binosi va Shital Nivasdagi prezident qarorgohiga bostirib kirishdi. Shuningdek, Nepalning sobiq bosh vaziri Jalanat Xonalning rafiqasi Rajyalakshmi Chitrakar namoyishchilar uylariga hujum qilganidan so‘ng vafot etgani ma’lum qilingan. Namoyishchilar mamlakatdagi vaziyatni o‘z nazoratiga olganini da’vo qilmoqda, biroq Nepal rasmiylari bu ma’lumotni rad etmoqda.
