Nemislar go‘sht tanqisligi haqida ogohlantirildi

Nemislar go‘sht tanqisligi haqida ogohlantirildi

Kelgusi oylarda nemislar go‘sht mahsulotlari tanqisligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Germaniya fermerlar uyushmasi bosh kotibi o‘rinbosari Udo Xemmerling Der Spiegel jurnaliga bergan intervyuda aytdi.

Germaniyada oziq-ovqat narxining oshishi haqidagi xabarlar deyarli har kuni paydo bo‘lmoqda. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda tanqislik go‘sht mahsulotlariga ham ta’sir qiladi.

Germaniyada go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi pasayib ketdi, chorva uchun yem narxi ham keskin oshdi.

Bundan avval Germaniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Jem Ozdemir nemislarni oziq-ovqat mahsulotlarni yetkazib berishdan qurol sifatida foydalanayotgan Rossiyaga qarshi kurashish uchun kamroq go‘sht yeyishga chaqirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!