"Nega prezidentdan un va sariyog‘ so‘radingiz?": Turkmanistonda Berdimuhamedovga xat yozgan ayollar Milliy xavfsizlikka chaqirildi

"Nega prezidentdan un va sariyog‘ so‘radingiz?": Turkmanistonda Berdimuhamedovga xat yozgan ayollar Milliy xavfsizlikka chaqirildi

Turkmanistonning to‘rt fuqarosi ikki hafta davomida har kuni mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan so‘roq qilinish uchun chaqiriladi: ular ilgari prezident Gurbanguli Berdimuhammedovga maktub yozib, un va sariyog‘ yetishmasligidan shikoyat qilishgan.

"Azatlik" muxbiri xabar berishicha, 50 yosh atrofidagi to‘rt nafar ayol Turkmaniston prezidentiga xat yozishga majbur bo‘lgan: unda ular mamlakatda oziq-ovqat yetishmasligi va ishsizlik haqida gapirib, Berdimuhammedovdan bu muammolarni hal qilishni so‘ragan.

Ammo bu maktub davlat rahbariga yetib bormadi, lekin u Milliy xavfsizlik vazirligining mahalliy ma’muriyati qo‘liga tushdi, deb xabar beradi "Azatlik" radiosi. Endi oxirgi ikki hafta mobaynida razvedka xodimlari har kuni ayollarni so‘roq qilishdi. Bo‘lim ayollarga xuddi shu savolni bergan: "Nega prezidentdan un va sariyog‘ so‘radingiz?"

Nashrning qayd etishicha, Turkmaniston rasmiylari mamlakatda oziq-ovqat inqirozi mavjudligini tan olmaydilar va buni "kichik muammo" deb hisoblaydilar. Avvalroq, mamlakatda iqtisodiy inqiroz fonida oziq-ovqat rasioni joriy etilgani, ular davlat do‘konlari tizimi orqali subsidiyalangan narxlarda taqsimlangani haqida xabar berilgandi. Bularga tovuq oyoqlari, o‘simlik yog‘i, shakar va tuxum kiradi. Biroq, bir necha oy o‘tgach, oziq-ovqat rasioni sotuvga qo‘yilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!