Nega musulmonlar emlanishdan xavfsirayapti?

Nega musulmonlar emlanishdan xavfsirayapti?

Vaksina atrofidagi gumon va nazariyalar

Koronavirus kasalligi kelib chiqishi va unga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksina haqida odamlar tomonidan har xil fikrlar bildirilmoqda. Ayrim qarashlar tufayli odamlar emlanish fikridan qaytmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Shayx Muhammad Tohir al-Qodriyning so‘zlariga ko‘ra, aytilayotgan asossiz nazariyalar Islom qonun-qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki inson hayotini saqlab qolish bu ibodatdir. Musulmonlar ijtimoiy tarmoqlardagi fitnaga olib boruvchi g‘oya va vaksina haqidagi gumonlardan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Odamlar hayotini saqlab qolish bu ibodatdir. Pandemiya boshlangandan buyon musulmonlar butun dunyoda jonkuyarlik va jasurlik ko‘rsatishda o‘rnak bo‘lib kelishmoqda. Tibbiyot xodimlaridan tashqari, saxiy musulmonlar va xayriya jamoalari pandemiya sabab nochor qolganlarga sanoqsiz beg‘araz yordam ko‘rsatishdi. Endi bo‘lsa, musulmonlar emlanish borasida ham shundek jasurlikni namoyon qilishlari lozim, negaki boshqalarning hayotini saqlab qolish bu ibodat.   

Shayx Muhammad Tohir al-Qodriy kim?

Shayx Muhammad Tohir al-Qodriy Kanadada istiqomat qiluvchi, asli pokistonlik olim. 1951 yil 19 fevralda tavallud topgan. Panjob universitetining konstitusiyaviy huquq fakultetida professor lavozimida ishlagan. 8000 ga yaqin diniy mavzudagi va radikalizmga qarshi bo‘lgan leksiyalarni tayyorlagan. Minhaj ul-Qur’on, Qur’on o‘rgatish xalqaro markazi asoschisi. 

Muammo nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda vaksina haqida har xil gumonga asoslangan g‘oyalar paydo bo‘lgan. Misol uchun kimdirlar vaksina tarkibida alkogol, cho‘chqa unsuri yoki Islomda taqiqlangan moddalar bor deb ta’kidlamoqda. Boshqalar esa vaksina miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki musulmonlarni xudosizlarga bo‘ysundirib qo‘yishi mumkin, degan g‘oyalarni ham bildirishmoqda. 

Shayx Muhammad Tohir al-Qodriy maslahati

Shayx Muhammad Tohir al-Qodriy bu haqda shunday degan: “Nima ham deyishim mumkin? Bularning barchasi asossiz da’volar. Isitmangiz chiqqanda aspirin, parasetamol yoki boshqa dorilarni qabul qilganingizda nojo‘ya ta’sir bo‘lgandek bu ham tibbiyotga doir mavzular. Davolanish va shifo topishga umid qilish bu Islom ibodatlaridandir. Qur’on va hadisga ko‘ra biz dinimizda ilmiy asoslarga, tajriba va izlanish natijalariga suyanamiz, safsatalarga emas”.

Firdavs Bahodirov

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!