"Nega men bilan yashamaysan?" — Namanganda erkak o‘zidan katta ayolni pichoqladi

"Nega men bilan yashamaysan?" — Namanganda erkak o‘zidan katta ayolni pichoqladi

Shu yil 17 sentyabr kuni soat 20:50 larda, Mingbuloq tumanida yashovchi yigit o‘zidan katta ayolni pichoqladi.

1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Mingbuloq tumani hududida joylashgan oshxonada tanishi, shu oshxona ishchisi, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayolni “Nega men bilan birga yashamaysan?” deb, yonida bo‘lgan osh pichoq bilan ko‘krak orqa devori va chap quloq orqa qismiga bir marotabadan urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 sentyabr’ kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, erkak ilgari O‘z.R JKning 277-moddasi 3-qismi bilan sudlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!